Kontent qismiga oʻtish

Husayn ibn Numayr as-Sakuniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Husayn ibn Numayr al-Sakuniy
Jund Hims hokimi
Mansab davri
680 – 683
Hukmdor Yazid I
Vorisi Noʻmon ibn Bashir
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti 686-yil 5/6-avgust
Munosabatlari Muoviya ibn Yazid (nevarasi)
Bolalari Yazid ibn Husayn
Otasi Otasi

Al-Husayn ibn Numayr as-Sakuniy (686-yil 5/6-avgustda vafot etgan) – Kinda qabilasining Sakun boʻlimidan boʻlgan Umaviylar xalifaligining yetakchi sarkardasi[1].

Ridda urushlari paytida, 632-yilda Hadramavtda tinchlik oʻrnatish uchun mas’ul shaxsning nomi ham aynan shu nom bilan atalagan, ammo aksariyat olimlar uni Umaviy qoʻmondoni al-Husayn bilan boshqa-boshqa shaxs boʻlgan deb hisoblaydi[2][3]. Husayn ilk marotaba 657-yilda Umaviylar xalifaligi tomonida turib Siffin jangida qatnashgan[2]. 678 va 681/682-yillarda Onadoʻliga qarshi uyushtirilgan yozgi yurishlarda ishtirok etganlar orasida ham uning nomi tilga olingan[3].

Xalifa Yazid I hukmronligi davrida (h.680–683) Jund-Hims (Hims harbiy okrugi) hokimi etib tayinlangan. Muslim ibn Uqba qoʻmondonligi ostida 683-yilda Madina va Makkadagi qoʻzgʻolonni bostirishga qarshi yuborilgan yurishda qatnashgan. Muslim ibn Uqbaning vafotidan soʻng, uning oʻrniga bu yurishga qoʻmondonlik qilish uning zimmasiga yuklatilgan, shundan keyin Makkada Ibn az-Zubayr va uning askarlarini ikki oy davomida qamal qilgan. Aynan shu qamal paytida Kaʼba yonib ketgan. Xalifa Yazidning oʻlimi haqidagi xabar yetib kelgunga qadar Husayn ikki oy shaharni qamalda ushlab turgan. Soʻngra agar Ibn az-Zubayr Suriyaga kelsa, uni xalifa sifatida tan olinishini taklif qilgan, biroq Zubayr bu taklifni rad etgan va Husayn oʻz armiyasini ortga qaytargan[4][5].

Husayn Suriyaga qaytib, keksa, tajribali Marvon ibn al-Hakamning xalifa etib tayinlanishida muhim rol oʻynagan[6][7]. Umaviylarning yetakchi qoʻmondoni Ubaydulloh ibn Ziyod uni Jaziraga yuborgan va u yerda 685-yilning 6-yanvarida Ayn al-Varda jangida tavbachilarning shia mazhabini magʻlubiyatga uchratgan[6][7]. Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida Iroqni qayta bosib olish uchun qilingan urinishda Husayn ham ishtirok etgan va 686-yilning 5 yoki 6-avgust sanasida Xazir jangida halok boʻlgan[6][7].

Husaynning oʻgʻli Yazid ibn Husayn ham Ikkinchi fitnada Umaviylar tomonida turib kurashga kirgan. Xalifa Umar II (h.717–720) hukmronligi davrida Hims hokimi sifatida xizmat qilgan. Uchinchi fitna davrida esa xalifa Marvon II ning (h.744–750) tarafiga oʻtgan[8].

  1. Lammens & Cremonesi (1971), pp. 620–621
  2. 2,0 2,1 Lammens & Cremonesi (1971), pp. 620–621
  3. 3,0 3,1 Crone (1980), p. 97
  4. Lammens & Cremonesi (1971), pp. 620–621
  5. Crone (1980), p. 97
  6. 6,0 6,1 6,2 Lammens & Cremonesi (1971), pp. 620–621
  7. 7,0 7,1 7,2 Crone (1980), p. 97
  8. Crone (1980), p. 97