ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
FIZIKA FANINI О‘QITISHDA TA’LIM PRINSIPLARINING AHAMIYATI
Odilbay Ximmatkulov
Toshkent davlat texnika universiteti
[email protected]
Ikromjon Gulamjonovich Tursunov
Chirchiq davlat pedagogika instituti
[email protected] ANNOTATSIYA
Maqolada Oliy texnika ta‟lim muassasalari bakalavr bosqichida fizika fanini
о„qitish jarayonida ta‟lim prinsiplaridan foydalanish masalalari muhokama etilgan.
Ta‟lim prinsiplaridan foydalanish talabalarning fizika fani bо„yicha oladigan
bilimlarining mukammal bо„lishi, olgan nazariy bilimlarini amalda qо„llay bilish
kо„nikmalariga ega bо„lishi, amaliy faoliyatida uchrashi mumkin bо„lgan
muammolarni mustaqil hal qilish qobiliyatiga ega bо„lish imkonini beradi.
Kalit sо‘zlar: ta‟lim prinsiplari, ilmiylik prinsipi, mustaqillik prinsipi, faollik
prinsipi, kо„rgazmalik prinsipi, tizimlilik prinsipi.
THE IMPORTANCE OF EDUCATIONAL PRINCIPLES IN TEACHING
PHYSICS
ABSTRACT
The article discusses the issue of using educational principles in the process of
teaching physics at the undergraduate level of higher technical institutions. The use of
educational principles allows students to have a perfect knowledge of physics, the
ability to apply theoretical knowledge in practice, the ability to independently solve
problems that may occur in practice.
Keywords: principles of education, principle of science, principle of
independence, principle of activity, principle of demonstration, principle of structure.
KIRISH
Ta‟lim jarayonida ta‟lim prinsiplariga e‟tibor bermaslik ularni bilmaslik yoki
notо„g„ri tushunish, ularning talablariga amal qilmaslik ta‟lim jarayoni ilmiyligini
ta‟minlash, samaradorligini oshirish imkonini bermaydi. Ta‟lim prinsiplariga amal
Academic Research, Uzbekistan 1093 www.ares.uz
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
qilish ta‟lim jarayoni samaradorligining muhim sharti bо„lib, о„qituvchi pedagogik
madaniyatining kо„rsatkichi hisoblanadi. Ta‟lim prinsiplari tizimi ta‟lim jarayoni
qonuniyatlarini ifodalaydi va tarbiya maqsadlari bilan belgilanadi. Shunga kо„ra,
ta‟lim prinsiplari ta‟lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy
jihatdan tо„g„ri hal kilishning asosiy negizi hisoblanadi. Ta‟lim mussasalarida fizika
fanini о„qitishda ta‟lim prinsiplarini e‟tiborga olish muhim ahamiyatga ega.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ta‟lim jarayonida uning prinsiplaridan oqilona foydalanish ta‟lim sifatini
belgilashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Didaktika prinsiplprini ifodalab,
ta‟riflab va asoslab berish masalalariga kо„plab ishlar bag„ishlangan. Klassik
pedagogika asoschilari Yan Amos Komenskiy, J.J.Russo, CH.R.Pestalotssi, Vilgelm
Disterverg, K.D.Ushinskiy va boshqalar о„z asarlarida ta‟lim prinsiplarini ta‟riflab va
asoslab bergan edilar. Keyingi о„n yilliklarda ta‟lim prinsiplarini ta‟riflash va ularga
qо„shimchalar kiritish masalalari Y.K.Babanskiy, M.A.Danilov, B.P.Yesipov,
T.A.Ilina, M.N.Skatkin, G.I.Shukina va boshqalarning ishlarida ham yoritilib
berilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ta‟limning ilmiylik prinsipiga asosan fan bо„yicha ilmiy asoslangan, tajribada
о„z tasdig„ini topgan ma‟lumotlargina о„quvchi-talabalar e‟tiboriga taqdim qilinishi
lozim va shu bilan birgalikda fanning eng yangi yutuqlari fizika ta‟limi mazmunida
о„z aksini topib borishi kerak.
О„tgan asrning oxiri va asrimiz boshida fizika fani tez rivojlandi va tabiat
haqida kо„plab bilimlar tо„plandi. Lekin fan rivoji jarayonida kashf qilinayotgan
yangi hodisalar, qonunlar nazariyalar haqidagi ma‟lumotlar darsliklar, fan
dasturlarida о„z aksini topib ulgurmasligi tabiiy hol. Pedagog xodimlardan fan
yangiliklaridan doimo xabardor bо„lib, bu yangi bilimlar bilan mashg„ulotlar paytida
о„quvchi-talabalarni muttasil tanishtirib borish ta‟limning ilmiylik prinsipi talablariga
mos keladi.
Oxirgi о„n yilliklarda zamonaviy fizikaning ochiq tizimlar fizikasi,
nanotexnologiya, kondensirlangan muhitlar fizikasi, nochiziqli optika, yuqori
energiyalar fizikasi, kvant fizikasi va fizikaning boshqa soxalarida katta yutuqlarga
erishildi.
Ilmiylik prinsipi talablaridan biri о„quvchilarni ilmiy taqdiqot ishlariga
qiziqtirish, ilmiy tadqiqot usullari bilan tanishtirish, adabiyotlar bilan mustaqil
Academic Research, Uzbekistan 1094 www.ares.uz
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
ravishda ishlash, taqdiqot natijalarni tahlil qilish va xulosalar chiqarishiga о„rgatishni
taqozo etadi. Bu esa о„z navbatida о„quvchilar ijodkorlik faoliyatining rivojlanishiga
yordam beradi. Bizning nazarimizda о„quvchilarda ilmiy kuzatish va izlanish
faoliyati bо„yicha bilim va kо„nikmalarni laboratoriya mashg„ulotlari paytida
shakllantirib borishga e‟tiborni kuchaytirish zarur. YA‟ni laboratoriya ishlarini
bajarish jarayoniga “ilmiy-taqdiqot element”larini kiritib borish maqsadida darslarni
muammoli tashkil qilish lozim. Ma‟lumki har bir laboratoriya ishini bajarishda
ma‟lum bir fizik kattaliklar aniqlanadi yoki biror fizik hodisa namoyish qilinadi. Bu
jarayonni “kichik ilmiy - taqdiqot” ishiga yaqinlashtirish uchun о„quvchilar oldiga
zarur ijodiy izlanish vazifalarini qо„yish mumkin. Bu vazifalarga berilgan fizik
kattalikni aniqlash usullari bilan adabiyotlar yordamida tanishish, ularni taqqoslash,
tanlangan usulga asos bо„lgan fizik hulosa, kerakli qonunlarni, laboratoriya jixozlari
ishlashini о„rganish, о„qituvchi nazorati ostida mustaqil о„lchash ishlarini bajarib
natijalarni olish, hisoblash va ularni tahlil qilib kerakli xulosalarga kelishi, olingan
natijalarning amaliy ahamiyatini bilish bilan bog„liq masalalar kiradi.
Kо„p hollarda laboratoriya ishlarini “murakkablashtirish” texnik imkoniyatlari
chegaralangan yoki mavjud bо„lmasa axborot texnologiya vositalaridan, masalan
laboratoriya ishlari modellashtirilgan, virtual laboratoriya usullaridan foydalanish
mumkin. Laboratoriya sharoitida amalga oshiriladigan ta‟lim jarayoniga bunday
yondashuv natijasida о„quvchilar olingan nazariy bilimlarni mustahkamlab,
о„rganalayotgan fizik hodisa qonunlarning, kattaliklarning mazmun mohiyatini
chuqur о„rganish bilan bir qatorda ularda ijodiy ilmiy – tadqiqot ishlari bо„yicha
bilim va kо„nikmalar shakllanadi, ijodiy faollik oshadi.
Fizika fani sohasida bilimlarning mukammal bо„lishi ta‟limning uzviylik va
muntazamlik prinsipi asosida tashkil qilishni taqozo etadi. Bunda berilishi lozim
bо„lgan bilimlarning mantiqiy ketma-ketlik va tizimlashgan bо„lishiga erishish
muhim ahamiyatga egadir. Fanning barcha bо„limlarini о„rganishda mavzularni
mantiqiy ketma-ketlikka ajratish, fizik hodisalar va qonuniyatlar orasida о„zaro
aloqadorlik,uzviylikni aniqlash, tizimli tahlil yordamida umumiy xulosalar chiqarish,
olingan bilimlarning keng qamrovli va yaxlit bо„lishiga yordam beradi.
Oxirgi yillarda texnika va texnologiyalarning tez suratlarda rivojlanishi
mutaxasislardan chuqur nazariy bilimlarga ega bо„lishni va ularni amalda qо„llay
bilishni talab qiladi. Nazariy bilimlarning mukammal bо„lishida ta‟limning
kо„rgazmalik prinsipini qо„llash katta yordam beradi.
Zamonaviy fizika ta‟limida nazariya va amaliyotning о„zaro bog„liklik
pritsipiga tayanish о„quvchi-talabalarda olingan nazariy bilimlarni amalda qо„llash
Academic Research, Uzbekistan 1095 www.ares.uz
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
kо„nikmalarini shaklllantirishga katta yordam beradi. Bunda amaliyot va laboratoriya
mashg„ulotlarini о„tkazishga ijodiy yondashish, kompyuter va boshqa texnika
vositalaridan foydalanish ilg„or innovatsion va axborot texnologiyalarini qо„llash
ijobiy natija beradi.
Ta‟lim oluvchilarning faollik prinsipi fizika fani bо„yicha о„tkaziladigan
mashg„ulotlar samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biridir .
Tabiiy fanlar, jumladan fizika fani bо„yicha an‟anaviy usulda olib borilayotgan
mashg„ulotlar о„quvchi-talabalar uchun zerikarli bо„lib, bilimlarni egallashda ular
“passiv” pozitsiyada bо„ladilar. Tayyor ravishda olingan ma‟lumot, axborotlar
tinglovchilar, о„quvchilar xotiralarida uzoq saqlanmaydilar va ularning bilim
egallashga nisbattan ijodiy yondoshuv kо„nikmalari rivojlanmay qolaveradi.
Fizika fani rivojlanishining hozirgi bosqichida egallanishi kerak bо„lgan bilimlar
hajmi va kо„lamining keskin oshib borishi ham bilim jarayonida о„quvchi-
talabalarning faollik darajasini oshirishni taqazo qiladi. Bilim berishning faol
usullaridan biri muammoli о„qitishdir. Muammoli tashkil qilinadigan darsning
samarali о„tishi о„qituvchi va о„quvchi-talabalarning hamkorlikdagi, birgalikdagi
harakati bilan ta‟minlanadi. О„qituvchining asosiy vazifasi о„quvchilarga tо„g„ridan-
tо„g„ri ma‟lumot yetkazish yо„li bilan bilim berish bо„lib qolmay, tinglovchilarni
bilish jarayoning obyektiv ziddiyatlariga va ularga javob topish jarayoniga jalb qilishi
kerak.
О„quvchilar о„zlari uchun noma‟lum bо„lgan yangi bilimlarni о„qituvchi bilan
hamkorlikda aqliy izlanish orqali “kashf” qiladilar, fanning nazariy xususiyatlarini
bilib oladilar.
Muammoli dars mazmun-mohiyati, mantiq jihatdan an‟anaviy darsdan tubdan
farq qiladi. Agar an‟anaviy darsda ma‟lumotlar о„quvchilarga oldindan ma‟lum,
tayyor bilimlar sifatida faqat eslab qolish uchun berilsa, muammoli darsda yangi
bilimlar tayyor holda shakllanmagan, noma‟lum, bilimlar sifatida о„quvchilar
hukmiga havola qilinadi. Bunda о„quvchilar ma‟lumotlarni eslab qolish va takrorlash
bilan cheklanib qolmasdan, о„zlari uchun noma‟lum bilimlarni shakllantirish, “kashf”
qilish va о„zlashtirish jarayonida faol ishtirok etishlari lozim.
Muammoli darslarda о„quvchilarni faol bilish jarayoniga tortishning muhim
didaktik usullaridan biri muammoli vaziyatni yaratishdir. Muammoli vaziyat biror
ziddiyatni о„ziga gavdalantiradigan maxsus savol, masala, topshiriqlar yordamida
yaratilishi mumkin. Bunday maxsus savol yoki topshiriqlarning murakkablik darajasi
о„quvchilarning bilish imkoniyatlariga mos kelishi ular uchun tushunarli bо„lishi
lozim.
Academic Research, Uzbekistan 1096 www.ares.uz
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Fizika fani bо„yicha olinadigan bilimlarning yaxlit, umumlashgan bо„lishi
uchun dars jarayonida integrativ va tizimli yondashuv prinsiplaridan foydalanish
maqsadga muvofiq bо„ladi.
Ta‟limdagi integrativ yondashuv ayrim mavzular, mashg„ulotlar, fanlar va
usullar о„rtasidagi о„zaro aloqadorlikni, uzviylikni, sintez va umumiylikni taqozo
qiladi. Masalan, fizika fani doirasida alohida о„rganiladigan ba‟zi hodisalar, qonunlar,
ularni tizimlovchi bо„limlar, olib boriladigan mashg„ulot turlari о„rtasidagi о„zaro
aloqadorlik, sintez va umumlashuv tendensiyalarini olib qarash mumkin. Ma‟lumki,
mexanika bо„limida barcha jismlar orasida yuz beradigan gravitatsion о„zaro ta‟sir
vositasi bо„lgan gravitatsion maydon, elektromagnitizm bо„limida elektrostatik,
magnit va о„zgaruvchan elektromagnit maydonlar, yadro va elementar zarralar
fizikasi bо„limida zaif va kuchli о„zaro ta‟sir maydonlari alohida о„rganiladi.
Maydonlar uchun xarakterli bо„lgan umumiy tomonlar (о„zaro ta‟sir mexanizmlari)
mavjud ekanligi aniqlangandan keyin ularni birlashtiruvchi nazariyalar paydo bо„ldi.
Bu nazariyalarga asosan sanab о„tilgan maydonlar yagona maydonning alohida
kо„rinishlari sifatida qaraladi. Makro va mikro sathlarda kichik va katta tezliklarda
yuz beradigan materiya harakatini о„rganadigan mexanika bо„limini shartli ravishda
klassik, relyativistik va kvant mexanikasiga ajratadilar. Hozirgi zamon tasavvurlariga
asosan klassik mexanika relyativistik mexanikaning ma‟lum chegaradagi xususiy holi
sifatida о„rganiladi. Geyzenberg noaniqlik prinsipi klassik va kvant mexanikasining
qо„llanilish chegaralarini aniqlab beradi. Tabiatdagi barcha chiziqli tizimlarda kuza-
tiladigan tо„lqin jarayonlari bir xil qonuniyatlar asosida yuz beradi. Mexanik, el-
ektromagnit va De Broyl tо„lqinlari о„xshash tenglamalar yordamida ifodalanadi va
talqin qilinadi.
О„quvchilarning bilish jarayonida ularning mustaqil ta‟limi muhim ahamiyatga
ega ekanligi ta‟limning mustaqillik prinsipipida о„z aksini topadi. О„quvchilarda
izlanish va ijodiy qobiliyatlarni о„stirishda mustaqil ishlarning ham ahamiyati ortadi.
О„quv dasturi qamrab olib ulgurmagan kashf qilingan yangi hodisalar, qonunlar,
yaratilgan yangi nazariyalar haqidagi materiallarni о„quvchilarlarga mustaqil
о„zlashtirish uchun taqdim qilish mumkin. О„quvchilar bu ishlarni referat yoki
taqdimot sifatida tayyorlab topshirishlari mumkin. Mustaqil ta‟limda sinergetik
yondashuv elementlari namoyon bо„ladi. Ta‟limdagi о„z-о„zidan tashkil topish bu
о„z-о„ziga ta‟lim berishni (о„qitishni) anglatadi. Buning ma‟nosi bilimlarni tayyor
holda berish emas, balki bilimlarni oshirish, mukammallashtirish va tarmoqlangan
bilimlar tizimida tez yо„l topish, о„z-о„ziga ta‟lim berish usullarini egallashdan
iboratdir. Sinergetika nuqtai nazaridan ta‟lim, bu tayyor bilimlarni bir shaxsdan
Academic Research, Uzbekistan 1097 www.ares.uz
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
ikkinchisiga uzatish, berishdan iborat bо„lmasdan, balki bu jarayon ochiq muloqot,
tо„g„ri va teskari aloqalar, о„qituvchi va о„quvchi о„rtasidagi hamfikrlik,
hamkorlikdan iborat nochiziqli vaziyatda yuz beradigan jarayondir. Sinergetika
ta‟limotiga asosan ta‟lim qiziqtiruvchi, rag„batlantiruvchi va jonlantiruvchi ta‟lim
bо„lishi lozim.
XULOSA
Oliy fizika ta‟limida ilmiylik prinsipini qо„llash natijasida talabalar fizika
fanining eng yangi yutuqlari bilan tanishadilar. Laboratoriya sharoitida ilmiy tadqiqot
faoliyati kо„nikmalariga ega bо„ladilar.
Ta‟limning uzviylik va muntazamlik prinsipiga asosan fizika fani bо„yicha bilimlarni
mantiqiy ketma-ketlik, uzviylik va о„zaro aloqadorlik tamoyillari asosida berib
borish natijasida talaba-о„quvchilar olgan nazariy bilimlar chuqur va yaxlit bо„lishiga
erishiladi.
Zamonaviy fizika fanini о„qitish jarayonida nazariya va amaliyotning о„zaro
bog„liqlik pritsipiga tayanish о„quvchi-talabalarda olingan nazariy bilimlarni amalda
qо„llash kо„nikmalarini shaklllantirish imkonini beradi.
Talabalar tomonidan olingan nazariy bilimlarning mukammal bо„lishida, uzoq
vaqt yodda saqlanib qolishida ta‟limning kо„rgazmalik prinsipini qо„llash katta
ahamiyatga ega.
Ta‟limning faollik prinsipini qо„llash fizika fani bо„yicha о„tkaziladigan
mashg„ulotlar samaradorligini oshirishga katta yordam beradi.
Zamonaviy fizika ta‟limidagi integrativ va tizimli yondashuv natijasida
talabalar keng qamrovli bilimlarga ega bо„ladilar.
О„quvchilarning mustaqil izlanish va ijodiy qobiliyatlarni о„stirishda
ta‟limning mustaqillik prinsipiga amal qilish muhim ahamiyatga ega.
Ta‟limdagi sinergetik yondashuv talabalar va о„qituvchining bilim olish jarayonidagi
о„zaro hamkorligini ta‟minlaydi va talabalarning fizika fani bо„yicha bilim olishga
qiziqishini kuchaytiradi.
REFERENCES
1. Я. А.Коменский. «Великая дидактика» М. Просвещение, 1988
2. И. Ф.Харламов. Педагогика - М., 2004
3. Е.С.Полат. Новые педагогические и информационные технологии в системе
образования. Под редакцией - М., 2003.
4. В.С.Кукушин Дидактика (теория обучения) - Москва - Ростов- на- Дону, 2003
Academic Research, Uzbekistan 1098 www.ares.uz
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
5. В.И.Загвязинский. Теория обучения: Современная интерпретация. – М., 2004.
6. И.П.Подласый. Педагогика. Новый курс – М.: Владос, 2000
7. П.И.Пидкасистый. Педагогика. М. Педагогическое общество России, 2002.
8. К.Барт. Трудности обучения: раннее предупреждение. М.:Академия, 2006
9. Н.В.Бордовская. Педагогика. – Санкт – Петербург, «Питер», 2000.
10. Клинберг Л. Проблемы теории обучения. – М., 1984.
11. В.В.Краевский.Проблемы научного обоснования обучения: Методологиче-
ский анализ. – М., 1997.
12. Ч. Куписевич Основы общей дидактики. – М., 1986.
13. В.Оконь. Введение в общую дидактику. – М., 1990.
14. В. В.Давыдов. Теория развивающего обучения. М., 1996
15. В.А.Сластенин, И.Ф.Исаев, Е.Н.Шиянов. Общая педагогика: Учеб. пособие
для студ. высш. учеб. заведений / Под ред. В 2 ч. М., 2002
16. И.Я.Лернера, И.К.Журавлева.Современная дидактика: теория и практика /
Под ред. М., 2004
17. А.В.Хуторской. Современная дидактика: Учебник для вузов. СПб.: Питер,
2001.
18. У.А.Эшниѐзов. Масофавий таьлим шаклида “Элeктротехника”фанидан
“яримўтказгичли тўғрилагичлар” мавзусини “Swot”мeтоди ѐрдамида, ўқитишда
инновацион ѐндашувлар. Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 713-
722, 2020.
19. I.G. Tursunov, U.A .Eshniyozov, S.A. Durdiyeva. “Turli muhitlarda elektr toki”
mavzusini о'qitishdagi innovatsiyalar. Academic Research in Educational Sciences,
v.2, issue.2, pp.513-523, 2021.
20. I.G. Tursunov, U.A .Eshniyozov. Elektrotexnika fanini o„qitishda innovatsion
texnologiyalarni qo„llash. Academic Research in Educational Sciences, v.2, issue.4,
pp.1030-1040, 2021.
21. A.M.Tillaboyev. Astronomiya fanining ilmiy-tadqiqot yutuqlarini ta‟limtizimiga
qо„llashning nazariy asoslari. Academic Research in Educational Sciences, v.2, is-
sue.2, pp.462-466, 2021.
Academic Research, Uzbekistan 1099 www.ares.uz