Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Tanlangan roʻyxat nomzodlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bu sahifada tanlangan roʻyxat nomzodlari koʻrsatiladi. Nomzod maqolaga „tanlangan“ unvonini berish-bermaslikni foydalanuvchilar hal qilishadi. Agar nomzod maqola kamchiliklari boʻlsa, ular shu yerda koʻrsatilishi kerak.

Ovoz berayotganda {{roziman}} yoki {{qarshiman}} andozalaridan foydalanishingiz mumkin.

Aloqador mavzular

Arxiv

Nomzodlikka qoʻyish

  1. Maqolani nomzodlikka qoʻyishdan avval, bu maqola tayinli mezonlarga javob berishiga ishonch hosil qiling.
  2. Nomzod qilib koʻrsatilayotgan maqola munozara sahifasining eng tepasiga {{subst:TRN}} andozasini joylang.
  3. Joylangan andozadagi „Maqolani tanlangan maqola unvoniga nomzod qilib koʻrsating“ havolasi ustiga bosing.
  4. Sahifa ochilgandan soʻng, kerakli joylarni toʻldirib, sahifani chop eting.
  5. Quyidagi matndan nusxa oling: {{Vikipediya:Tanlangan roʻyxat nomzodlari/nomzod maqola nomi}}. Soʻngra, hozir oʻqib turgan sahifangizdagi Nomzodlar boʻlimining eng tepasiga nusxa olgan matningizni qoʻshing. Nusxa olgan matningizdagi „nomzod maqola nomi“ degan qismini nomzod qilib koʻrsatmoqchi boʻlgan maqola nomi bilan almashtiring va oʻzgarishlarni chop eting.
Nominator(lar): Umarxon III (munozara)

Maqola 13 ta tilda Tanlangan roʻyxat statusiga ega. Ushbu statusga nomzodlikka beraman. Iqtisodiyotga qiziquvchilar uchun kerakli maqola deb oʻylayman.

Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurkulov Nataev, Nataeva, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Panpanchik, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Alpasli, ITPRO.UZ, Muzaffar Murodovich va boshqalar, maqola bilan tanishib chiqib fikrlaringizni bildiring va ovoz berishda ishtirok eting. Umarxon III (munozara) 14:32, 2-sentyabr 2024 (UTC).

Turkumlar qoʻshish kerak. Ibrohimjon 14:49, 2-sentyabr 2024 (UTC)
5 ta turkum qoʻshdim. Umarxon III (munozara) 19:01, 2-sentyabr 2024 (UTC).
Qaralgan sanani har bir linkni ishalaydi yoki yoʻqligini tekshirib yangilash kerak. – Kagansky munozara 16:22, 2-sentyabr 2024 (UTC)
Tekshirib chiqdim. Sarlavhani ustiga bossangiz, ochmaydi, chunki uning havolasi oʻzgargan ekan. Lekin arxivlangan havolani ustiga bossangiz, har ochadi. Oʻzbekiston hududida saytlarni arxivlovchi archive.org sayti bloklangan. Albatta, arxivlangan sahifalarni koʻrish uchun VPNni yoqish kerak. Berilgan manbalarning hammasida arxivlangan nusxa bor. Agar shart deb hisoblasangiz, havolalarni hammasini yangilab chiqaman. Umarxon III (munozara) 01:55, 3-sentyabr 2024 (UTC).
2024-yilgi natijalarni ham qoʻshib, yangilash kerak. ANJANIY#gurung 13:27, 2024-yil 16-oktyabr (UTC)[javob berish]
  1.  Roziman – roʻyxat ustida yaxshi ish olib borilgani uchun. Alpasli (munozara) 14:01, 3-sentyabr 2024 (UTC)
  2.  RozimanITPRO.UZ (munozara) 14:39, 2024-yil 19-sentyabr (UTC)[javob berish]
  3.  RozimanAhror Akramovich (munozara) 19:19, 2024-yil 26-sentyabr (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman Ibrohimjon 15:09, 2024-yil 29-sentyabr (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman Boburjon Xidirov (munozara) 09:10, 2024-yil 30-sentyabr (UTC)[javob berish]
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): ANJANIY!!#suhbat 14:39, 16-Sentyabr 2023 (UTC)

Yilning eng yaxshi Vikimediachisi mukofoti Vikipediya va Vikimedianing boshqa loyihalariga oʻz hissasini qoʻshganlarni taqdirlaydigan mukofot boʻlib, bu mukofot haqidagi maqola inglizcha, nemischa va boshqa bir qancha Vikipediyalarda ushbu statusni qoʻlga kiritgan.

Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurkulov Nataev, Nataeva, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Panpanchik, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Alpasli, ITPRO.UZ, Muzaffar Murodovich, Husniddin Rasulov va boshqalar, maqola bilan tanishib chiqib fikrlaringizni bildiring va ovoz berishda faol ishtirok eting. ANJANIY!!#suhbat 14:39, 16-Sentyabr 2023 (UTC)

Hormang! Ba'zi joylarda havolalar inglizcha vikida qolgan. Menimcha shuni o'zbekchaga o'girib qo'ygan yaxshidir balkim? - Xoqoni Said yozish 20:23, 19-Oktyabr 2023 (UTC)
Imlo qoidalari boʻyicha "vikimediachi" kichik harf bilan yozilishi kerak. "Sportchi" degandek gap bu. Nataev munozara 13:53, 22-Dekabr 2023 (UTC)
Sahifa yaratuvchisi nomzodlikka qiziqishni yoʻqotgan koʻrinadi, ikki oydan beri tahrir qilinmagan. Keyin maqolada imloviy xatolar talaygina, yana inglizcha qolib ketgan soʻzlar ham ancha. Mirishkorlik (munozara)

Assalomu alaykum. Fikr bildirgan barchaga raxmat. Tepada keltirilgan va boshqa koʻzdan qochgan xatoliklarni toʻgʻirladim. Yana qayta koʻrib chiqib, fikrlaringizni bildirib qolishingizni soʻrab qolardim. ANJANIY!!#suhbat 08:03, 8-Yanvar 2024 (UTC)

 Bajarilmadi — ancha vaqtdan beri hech kim ovoz bermadi. Jamshid Nurqul (munozara) 12:00, 23-Yanvar 2024 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.