Metropoliten-muzey
Metropoliten muzeyi (Metropolitan Museum of Art) – Amerika Qoʻshma Shtatlarining eng yirik markaziy sanʼat muzeyi boʻlib, Nyu-York shahrida joylashgan. 1870-yilda tashkil etilib, 1872-yilda ochilgan. Shaharning markaziy bogʻida joylashgan. Fort-Trayon bogʻida boʻlimi bor. Eksponatlari, asosan, shaxsiy kolleksiyalardan muzeyga tortiq qilingan sanʼat asarlaridan iborat. Amerika rang-tasviri va haykaltaroshligi, qurollar, Uzoq va Yaqin Sharqning qadimgi sanʼati, Qadimgi Misr sanʼati, Yunoniston, Qadimgi Rim va Islom sanʼati, oʻrta asr sanʼat asarlari (boʻlimi), musiqa asboblari, gravyura va litografiyalar, Yevropa rang-tasviri, 20-asr sanʼati, kitoblar muzeyi, bolalar muzeyi, kostyum instituti (mato va kiyimlar toʻplami) va boshqa boʻlimlari mavjud. Metropoliten muzeyida jahon sanʼatining koʻpgina nodir yodgorliklari, jumladan, Gʻarbiy Yevropa rang-tasvirining shoh asarlari, shuningdek, Oʻzbekiston hududida yaratilgan amaliy sanʼat asarlari ham saqlanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |