Kontent qismiga oʻtish

Formosa provinsiyasi

Koordinatalari: 26°11′0″S 58°10′30″W / 26.18333°S 58.17500°W / -26.18333; -58.17500
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Formosa

ispancha: Provincia de Formosa
Provinsiya
Skyline of Formosa
Formosa
Bayroq
Formosa
Gerb
26°11′0″S 58°10′30″W / 26.18333°S 58.17500°W / -26.18333; -58.17500
Mamlakat Argentina
Hukumat
 • gubernator Gildo Insfrán
Maydon 72,066 km2 (27,825 kv mi)
Rasmiy til(lar)i ispan
Aholisi
 (2022)
606,941
Zichligi 10,59 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTCUTC-3
Formosa xaritada
Formosa
Formosa

Formosa provinsiyasi (talaffuzi: foɾˈmosa) Argentinaning shimoli-sharqidagi provinsiya boʻlib, Gran Chako mintaqasi tarkibiga kiradi. Formosa shimoli-sharqdan Paragvayning Asunson shahri bilan chegaradosh. Janubi-gʻarbiy tomondan Chaco va Salta provinsiyalari bilan chegaralanadi.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Provinsiya nomi ispancha fermosa (hozirda bu soʻz „hermosa“ shaklida ishlatilmoqda) soʻzidan kelib chiqqan. „Hermosa“ ispan tilida „chiroyli“ degan maʼnoni anglatadi. Vuelta Fermosa yoki Vuelta la Formosa nomlari XVI asrda ispan dengizchilari tomonidan Paragvay daryosi yonidagi hududni tasvirlash uchun ishlatilgan[1].

Qoʻmondon Luis Jorge Fontana ― Formosa shahri asoschisi va hududning ilgʻor targʻibotchisi

Bu yerlarning tub aholisi qatoriga pilaga, wichi va toba qabilalari kiradi, ularning tillari viloyatda hali ham qoʻllanadi.

Sebastian Cabot va Diego Garcia de Moguer ilk marotaba XVI asr boshlarida Peru vitsa qirolligidan Asunsongacha boʻlgan yoʻlni topishga urinib, hududni oʻrganishgan. Pilcomayo va Bermejo daryolari juda sayoz boʻlgani sababli, Asunson boʻylab yoʻl oʻrnatishlar toʻxtatilgan.

Hududdagi birinchi Yevropa aholi punkti, Concepcion del Bermejo 1585-yilda tashkil etilgan. 1810-yillarda Argentina va Paragvay davlatlarining mustaqilligi rasman eʼlon qilinganidan soʻng, bu hudud ikki davlat oʻrtasida tortishuv ostida qolgan. Bu masala Uch Ittifoq urushi (1865—1870)gacha hal boʻlmadi. 1879-yilda qoʻmondon Luis Jorge Fontana Formosa aholi punktiga asos solib, chekka hududni milliy eʼtiborga olgan holda, 1884-yilda hududiy maqomini tiklashga yordam bergan.

Formosada 1914-yilda 20,000 dan ziyod aholi istiqomat qilgan. Biroq, 1955-yilda prezident Juan Peron tomonidan viloyat maqomini olganida, aholi koʻrsatkichi 150,000 mingga yetgan. 1947-yilda Argentina Jandarmeriyasi koʻchmanchi amerikaliklar qabilasining Rincon Bomba qirgʻinidan soʻng, prezident Peron viloyatda yer islohoti dasturini boshlagan. 1955-yilga kelib, 4,000 ga yaqin yer uchastkalari tashkil etilgan[2]. Nisbatan barqaror boʻlsa-da, asta-sekin oʻsishda davom etayotgan National University of the Northeastning Formosa binosi 1988-yilda, National University of Formosa sifatida barpo etilgan.

Tekisliklar 26° 22°30' janubiy va 57°30' 62°25' gʻarbiy koordinatalarda, Berjamo va Pilcomayo daryolari oraligʻida joylashgan. Tekisliklar tufayli, daryo oʻzanlari turgʻun emas va lagunalar soʻrilib, qayta paydo boʻladi.

Formosaning iqlim xaritasi

Oʻrtacha yillik harorat 21 °C; yoz faslida 45 °C gacha koʻtarilishi mumkin. Tropik ob-havo sharqda yillik yomgʻir (yiliga 1000 mm) bilan tavsiflanadi, mamlakatning qolgan qismida qish quruqroq (80 mm). Namlikning oʻzgarib turishi oʻrmon oʻsimliklari rivojlanishiga hamda Chaqueño oʻrmonining kengayishiga yordam beradi. Salta provinsiyasi bilan chegara Impenetrable deb nomlanadi.

Formosadagi qoʻriqlanadigan hududlar – Rio Pilcomayo Milliy Bogʻi va Formasa milliy qoʻriqxonasi.

Oʻsimlik dunyosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentinaning shimolida joylashgan Formosa provinsiyasi oʻzining fauna xilma-xilligi bilan mashhur. Mintaqaning botqoq yerlari, oʻrmonlari, oʻtloqlari va daryolarini oʻz ichiga olgan xilma-xil ekotizimi hayvonlar uchun keng yashash hududlarini taʼminlaydi.

Formosa katta oʻsimlik dunyosiga ega, bu keng atrof-muhitning ekologik muvozanatini saqlashda muhim rol oʻynaydi.

Ammo, Formosaning mahalliy hayvonlari inson faoliyati natijasida sezilarli darajada kamayib ketmoqda. Bir vaqtlar oʻrmonlar va changalzorlarda keng tarqalgan yaguareteʼlar son jihatdan qisqarib bormoqda. Bu hududda boshqa felidlar, masalan, pumalar va mushuk turlari yashaydi. Nam oʻrmon hududlari tapirlar va maymunlar uchun makon hisoblanib, ular orasida karaya deb nomlanuvchi oʻziga xos maymun ajralib turadi. Formosadagi qushlar va sudralib yuruvchilar Argentinaning boshqa provinsiyalaridagilar bilan oʻxshashliklarga ega.

Sut emizuvchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Formosa provinsiyasida haligacha katta-kichik mushuksimonlar, jumladan, yaguar, puma, otselot, togʻ mushugi va pampa mushuklari kabilarni uchratish mumkin. Oʻtli hududlarda, „aguara0guazu“ nomi bilan mashhur boʻri mavjud boʻlib, hozirda ushbu turning soni kamayib ketmoqda. Ochiq va toza joylarda, armadillolar (Amerika hasharotxoʻrlari), jumladan, mulita, ulkan armadillo, matako va peludolar uchraydi. Formasadagi boshqa koʻplab hayvonlarga koatislar, tapirlar, korzeula nomi bilan tanilgan kichkina bugʻular, tulkilar, sassiqqoʻzanlar, vizkacha (yovvoyi quyon), ariq sichqonlari, maymunlar yoki karayalar, hamda boshqa turli kemiruvchilarga boy.

Formosa hududining asosiy qismidagi ekotizimning yaxshiligi sababli, tabiat ixlosmandlari tomonidan xush koʻriladigan joylardan biri ham hisoblanadi. Hudud oʻzining turli-tuman qushlari bilan ham mashhur boʻlib, sayohat davomida ularning koʻplab turlarini kuzatish mumkin. Provinsiyada baliqchi qushlar kabi suvda yashovchilar hamda quruqlikdagi qushlardan kaklikning bir nechta turlarini uchratish mumkin. Qushlarning boshqa mashhur turlariga Tokan (qora katta tumshuqli qushlar), janubiy qizqushlar, tojli karakaralar, qarğalar, karakaralar, ola qarğalar, qizilishtonlar, kòktòrğaylar, har xildagi kabutarlar va òrdaklar, guanalar, dinozavr qushlar, òchoq qushlar, pashshaxòrlar, ukkilar, sutaklar, donsevarlar, oqqushlar va qoshiqtumshuqlar kiradi. Daryoga yaqin joylarida, ayniqsa Parana daryosi bòylab, oddiy uzun dumli tòtilar, sariq ola-bula tòtilar va kòk ola-bula tòtilar juda kòp. Aytilishicha, Argentina qush turlarining yarimi yaʼni, butun mamlakatdagi 1020 turdan 367 turi Formosada topilgan. Hududda yashovchi qushlarning baʼzi turlari:

Sudralib yuruvchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Formosa turli xil sudraluvchilarga boy boʻlib, ularning har biri oʻziga xos xususiyatlarga va xavf darajasiga ega. Ular orasida lampalagua, false yarará, yarará yoki cross ilonlari va coral ilonlari mavjud. Ular orasida cross va coral juda zaharli hisoblanadi. Chako mintaqasida ushbu zaharli ilonlar bilan birga overas va coloradas kaltakesaklariqurlik toshbaqalari ham yashaydi.

Faunada topilgan sudralib yuruvchilar:

Formosa aholisi (2022)

2022-yilgi Argentina aholini hisobga olish statistikasiga koʻra Formosa provinsiyasi 606,941 kishini tashkil etadi[3].

Formosa porti

Farmosa uzoq va noqulay geografiyasi hamda iqlimi sabab uzoq muddatdan beri Argentinaning eng qashshoq qishloqlaridan biri hisoblanadi. Uning iqtisodiyoti 2006-yil hisobiga koʻra jami 2.082 milliard dollarni tashkil etib, jon boshiga 4,278 dollardan toʻgʻri keladi[4]. Farmosaning iqtisodi rivojlanish boʻyicha Argentinada uchinchi eng kichik hamda ikkinchi eng kam rivojlangan provinsiya hisoblanadi[5].

Ishlab chiqarish tomonlama rivojlanmagan Formosaning iqtisodi, asosan qora mol va qishloq xoʻjaligi asoslangan. Patino, Pilagas hamda Pilcomayo hududlari qishloq xoʻjaligining asosiy markazlari hisoblanadi.

Formosada qora mollar soni 1.5 milliondan ortiq boʻlib qishloq xoʻjaligining asosiy qismini tashkil qiladi. Argentinaning boshqa joylarida boʻlgani kabi, Formosa provinsiyasida ham qishloq xoʻjaligi (10%) boshqa sohalardan ortda qolmoqda.

Formosadagi temir yoʻl bekati

Paxta yetishtirish 1970-yillarning oxirida 100,000 tonnadan ortiq boʻlgan. 1990-yillarning oxiriga kelib xalqaro narxning pasayishi hamda belgilangan valyuta kursi tufayli 10,000 tonnaga tushib ketgan. 2001-yilgi inqirozdan keyin ishlab chiqarish biroz jonlanib, 2004-yilda yiliga 50,000 tonnaga yetgan. Paxta ekilgan yerlarning 70 foizdan koʻprogʻi kichik oilaviy fermalarga tegishli. Bu yerlar oʻrtacha 10 gektardan kichikroq.

Paxta yetishtiruvi qishloq xoʻjalik boyligining yarmini tashkil etadi. Ikkinchi oʻrinda makkajoʻxori yetishtiruvi 55,000 tonnani tashkil qilsa, soya yetishtirish yiliga 25,000 tonnani qayd etadi. 2001-yilgi inqirozdan soʻng provinsiyada qishloq xoʻjaligi biroz jonlangan.

Bananning asosiy qismi ichki isteʼmol uchun yetishtirilib, yiliga 70,000 tonna barqaror hosil beradi. Sitrus mevalari (asosan greypfrut) va sharbat ishlab chiqarish, eksport uchun tez sur’atlar bilan oʻsib bormoqda. Sitrus mevalar 1,200 gektar maydonga ekilgan boʻlib, ulardan yiliga taxminan 15,000 tonna hosil olinadi. Boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qatorida asal (273 tonna) va undan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, yogʻoch (140,000 tonna) va toʻqimachilik sanoati (paxta, charm) mahsulotlari mavjud. Turizm infratuzilmasi deyarli rivojlanmagan. Qiziqarli joylar orasiga Formosa shahri, Río Pilcomayo milliy bogʻi, Bañado La Estrella, Laguna Yema, Herradura shaharchasi va Misión Laishí kiradi.

Boshqaruv tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Provinsiya hukumati uch qismga boʻlingan: Gubernator boshchiligidagi ijro etuvchi hokimiyat; qonun chiqaruvchi hokimiyat va oliy sud boshchiligidagi sud tizimi.

Formosa provinsiyasi Konstitutsiyasi provinsiyaning bosh qonuni hisoblanadi.

Argentina federal politsiyasi mamlakatdagi huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot hisoblanadi. Bunga qoʻshimcha tarzda Formosa provinsiyasi politsiyasi ham hududda faoliyat olib boradi.

Siyosiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Provinsiya 9 ta departamentdan iborat:

Formosa shahri
Pilconayo daryosidagi Paragvay kaymani
Departament Maʼmuriy markazi Aholisi (2022)[6] Departamentdagi munitsipalitetlar
Bermejo Laguna Yema 16,576 Los Chiriguanos, Pozo de Maza, Pozo del Mortero
Formosa Formosa 276,309 Colonia Pastoril, Gran Guardia, San Hilario, Mariano Boedo, Mojón de Fierro, Villa del Carmen, Villa Trinidad
Laishí San Francisco de Laishi 19,228 Banco Payaguá, General Lucio V. Mansilla, Herradura, Tatané, Villa Escolar
Matacos Ingeniero Juárez 17,551
Patiño Comandante Fontana 77,974 Bartolomé de las Casas, Colonia Sarmiento, El Recreo, Estanislao del Campo, Fortín Leyes, Fortín Lugones, General Manuel Belgrano, Ibarreta, Juan G. Bazán, Las Lomitas, Posta Cambio Zalazar, Pozo del Tigre, San Martín, Subteniente Perín, Villa General Güemes
Pilagás El Espinillo 20,783 Buena Vista, Misión Tacaaglé, Portón Negro, Tres Lagunas
Pilcomayo Clorinda 98,490 Laguna Blanca, Laguna Naick Neck, Palma Sola, Puerto Pilcomayo, Riacho He-Hé, Riacho Negro, Siete Palmas
Pirané Pirané 70,300 El Colorado, Mayor Vicente Villafañe, Palo Santo, Villa Dos Trece
Ramón Lista General Mosconi 17,495 El Potrillo

Provinsiya madhiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Provinsiya madhiyasi „Himno Marcha Formosa“ deb nomlangan. Mazkur madhiya ilk marta 1955-yil 8-aprelda kuylangan. 1964-yilda uning yakuniy aranjirovkasi amalga oshirilgan. 1988-yil 21-iyuldagi 1471-sonli qarorda boshlangʻich, oʻrta va oliy oʻquv yurtlarida madhiya kuylanishi belgilab qoʻyilgan.

  1. Reseña (Wayback Machine saytida 2007-05-28 sanasida arxivlangan) (Spanish)
  2. Rock, David. Argentina: 1516-1982. University of California Press, 1987.
  3. „Nuevos datos provisorios del Censo 2022: Argentina tiene 46.044.703 habitantes“. Infobae (2023-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
  4. „El déficit consolidado de las provincias rondará los 41.500 millones este año“ (es). Instituto Argentino para el Desarrollo de las Economías Regionales. 2015-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-iyul.
  5. „I. A. D. E.R“. 2013-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 7-sentyabr.
  6. „Informe diagnóstico Formosa“. Argentina unida (2023-yil 1-iyul).