Zubr

2024-yil 6-sentyabr, 09:31 dagi Yorqulov Husan (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Zubr (lotincha: Bison bonasus) — quvushshoxlilarga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasining uzunligi 3,5 m gacha, boʻynining yagʻrinidan balandligi 1,9 m gacha, vazni 900 kg gacha. Tanasi yoʻgʻon, boshi katta, koʻzi kosasidan chiqqan, yelkasida qalin, jingalak yoli bor. Moʻynasi qoramtir. Iyagida soqoli, boshida kokili, boʻynida shokilasi, dumining uchida bir tutam popugi bor. Juni qalin, tanasining oldingi qismida uzun, keyingi qismida kalta. 2 kenja turi: tekislik zubri (Va boshqa bonasus) va Kavkaz zubri (Va boshqa Caucasus) tarqalgan. Qadimda 3. Yevropa oʻrmonlari, Kavkaz va Rossiyaning Yevropa qismida tarqalgan. Avgust— sentabrda urchiydi. Podasida 1 erkagi va 2—6 urgʻochisi boʻladi. Boʻgʻozlik davri 9 oy. Bitta bola tugʻadi, bir yilgacha emizadi. 2—3 yoshda jinsiy yetiladi. 3. 30—40 yil yashaydi. 20-asrning 20-y.lariga kelib dunyo boʻyi-cha hammasi boʻlib 48 ta 3. qoʻrikxonalarda saqlanib qolgan. Muhofaza choralari koʻrilishi tufayli soni hozir birmuncha koʻpaygan (qarang Belaya Veziya pushchasi).[1]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil