Yangi granada — asosiy oʻzagi Kolumbiya hisoblangan Janubiy Amerikadagi ispan mustamlakalari nomi (1538 yildan). Turli vaktlarda hozirgi Venesuela, Panama, Ekvador hududlarini oʻz ichiga olgan. Ispaniyadan mustaqil boʻlgani (1819)dan soʻng 1863 yilgacha hozirgi Kolumbiya va Panama hududining nomi.