Seul
서울 Seul | ||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Andoza:Koyreyscha nom ma'lumot qutisi/NomQuti | ||||||||||||
Qisqa Nomi | ||||||||||||
Andoza:WikifyQalin matn | ||||||||||||
Statistika | ||||||||||||
| ||||||||||||
Joylashuv Haritasi | ||||||||||||
Seulning joylashuv haritasi. |
Seul — Koreya Respublikasining poytaxti. Xangan daryosi boʻyida, Sariq dengiz qirgʻogʻidan 100 km ichkarida. Iqlimi mussonli iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi—6,2°, iyulniki 24,7°. Yillik yogʻin 1200 mm. Aholisi 10,6 mln. kishi (1998). Seul avanporti — Inchxon bilan birgalikda provinsiya huquqiga tenglashtirilgan alohida maʼmuriy birlik va yirik iqtisodiy rayonni tashkil etadi.
Seul ilk oʻrta asrlarda harbiy qalʼa sifatida vujudga kelgan. 14-asr oxirigacha kichikroq savdo shahri boʻltan. Mamlakatda Li sulolasi vujudga kelgach (1392), Seul — Koreya poytaxti. 1592—93 yillarda Seulni yaponlar bosib olib, vayron qilgan. 1905-yildan Seul Yaponiyaning Koreyadagi bosh rezidentining, 1910-yildan generalgubernatorining, 1948-yildan Janubiy Koreya xukumati bosh qarorgohi.
Seul — transport yoʻllarining yirik tuguni, dare porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Inchxon shahri bilan birgalikda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining deyarli 50% ni beradi. Elektrotexnika, radioelektronika, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Metallurgiya sanoati rivojlangan. Metropoliten bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan 3 yarusli marmar Xyonmyotxap ibodatxonasi (1085), 8 darvozali shahar devori qolldiqdari (19-asr oxirigacha Seul baland mudofaa devori bilan oʻralgan edi), Kyonbokkun saroy majmuasi (1394), Vongaks ibodatxona pagodasi (1467) va boshqa sakdangan. Seul — mamlakatning madaniy markazi: Davlat universiteti (1946), xususiy universitetlar, institutlar, teatr va xoreografiya institutlari, Milliy fanlar akademiyasi, ilmiy tadqiqot institutlari, kutubxonalar, muzeylar, kartinalar galereyasi, teatrlar bor. 1988-yilda Seulda 14-Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.[2]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ http://english.seoul.go.kr/today/about/about_12stat.htm
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |