Kontent qismiga oʻtish

Jammu va Kashmir qo‘zg‘oloni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2023-yil 28-may, 07:19 dagi MalikxanBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Jammu va Kashmirdagi isyonI (inglizcha: Insurgency in Jammu and Kashmir — Hindiston qurolli kuchlari va Jammu va Kashmir shtatidagi qator isyonchi guruhlar oʻrtasidagi qurolli mojaro. Hindiston hukumatiga qarshi qurolli qarshilik 1989-yilda Kashmir vodiysida boshlangan. Ayrim guruhlar shtat mustaqilligi uchun kurashsa, boshqalari Pokiston bilan ittifoq tuzishga chaqiradi. Hindiston tomoni Pokistonni jangarilarga qurol yetkazib berishda ayblab keladi. 1990-yillarda hududdagi koʻplab guruhlar Islomning radikal oqimlari taʼsiriga tushgan.

Ziddiyat tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989-yili Hindiston armiyasi va Kashmir isyonchilari oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlar boshlandi. Musulmon siyosiy partiyalari (ularning fikricha) shtat qonun chiqaruvchi organiga 1987-yilgi saylovlar natijalari soxtalashtirilganligidan norozilik bildirdi. Shundan soʻng ular oʻz harakatlarining jangari qanotlarini shakllantirishdi. Pokiston Kashmir shtatining kelajagini BMT shafeligida referendum orqali hal qilishga chaqirib, isyonchi harakatlarga „maʼnaviy va diplomatik“ yordam berdi.

Ammo Hindiston hukumatining daʼvo qilishicha, Pokiston isyonchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga harbiy taʼlim berib, qurol-yarogʻ bilan taʼminlagan. Hindiston hukumati Pokistonga bir necha bor murojaat qilib, uni „transchegaraviy terrorizm“ni toʻxtatishga chaqirgan.

1990-yillarda istiqlolchilik harakatiga mafkuraviy urgʻu berish yoʻnalishi milliylik harakatidan radikalizmga aylanib ketdi. Bunga 1980-yillarda Afgʻonistonda Sovet Ittifoqiga qarshi jang qilgan koʻp sonli mujohidlarning Kashmir vodiysiga kelgani sabab boʻlgan.